Sogʻlom ish muhiti va mehnat xavfsizligi – ustuvor vazifa!

30.04.2026
Sogʻlom ish muhiti va mehnat xavfsizligi – ustuvor vazifa!
Sogʻlom ish muhiti va mehnat xavfsizligi – ustuvor vazifa!
2026-yil 30-aprel kuni “28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida “Sogʻlom psixologik-ijtimoiy ish muhitini taʼminlaylik” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Mazkur tadbirdaOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida maʼruzachilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish tizimini mustahkamlash va samarali rivojlantirish, xodimlar uchun sogʻlom, xavfsiz va qulay ish sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini kamaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ish joyidagi psixologik-ijtimoiy muhitni yaxshilash, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, mehnatni muhofaza qilish tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, xodimlarning huquqiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning kasbiy malaka va bilimlarini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yakunda mehnatni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, psixologik xavflarni boshqarish hamda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Asosiy News Appeal Qo'ng'iroq
Asosiy Sahifalar