Keksalarga hurmat va yoshlarga ibrat.

15.10.2026
Keksalarga hurmat va yoshlarga ibrat.
Keksalarga hurmat va yoshlarga ibrat.
O‘zbekiston axborot texnologiyalari ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimida “Keksalar haftaligi” bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda keksalar holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va hayotiy tajribasini qadrlash xalqimizga xos ezgu an’analardan biridir. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi корхона va tashkilotlarda “Keksalarga hurmat — yoshlarga ibrat” shiori ostida “Keksalar haftaligi” doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy hamda xayriya tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

​Haftalik davomida soha rivojiga katta hissa qo‘shgan mehnat faxriylari va uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan nafaqadagi xodimlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.

​Haftalik doirasida amalga oshirilgan asosiy ishlar:

​E’zoz va e’tirof: Ko‘p yillik fidokorona mehnati bilan soha poydevorini mustahkamlagan mehnat faxriylariga kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar topshirildi.

​Xonadonlarga tashrif va xayriya: Ijtimoiy himoyaga muhtoj, yoshi ulug‘ faxriylar hamda bemor xodimlarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

​Avlodlar uchrashuvi: Yosh mutaxassislar va soha faxriylari o‘rtasida davra suhbatlari o‘tkazildi. Unda faxriylar o‘zlarining boy tajribalari, sohadagi mashaqqatli va sharafli yo‘llari haqida so‘zlab berib, yoshlarga qimmatli maslahatlar berishdi.
​Salomatlik va madaniy hordiq: Keksalar uchun tibbiy ko‘riklar hamda madaniy maskanlar, qadimiy obidalar va muzeylarga ekskursiyalar tashkil etildi.

​“Keksalarni e’zozlash — bu nafaqat burchimiz, balki kelajak avlod uchun yuksak tarbiya maktabidir. Ularning bosib o‘tgan yo‘li va tajribasi bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli dunyoda yoshlarimiz uchun haqiqiy ibrat manbai bo‘lib xizmat qiladi,” — deb ta’kidlashdi kasaba uyushmasi vakillari.

Asosiy News Appeal Qo'ng'iroq
Asosiy Sahifalar