“Sogʻlom ona – sogʻlom avlod garovi” festivali respublika bosqichi

08.08.2026
“Sogʻlom ona – sogʻlom avlod garovi” festivali respublika bosqichi
“Sogʻlom ona – sogʻlom avlod garovi” festivali respublika bosqichi
“Sogʻlom ona – sogʻlom avlod garovi” festivali respublika bosqichi
“Sogʻlom ona – sogʻlom avlod garovi” festivali respublika bosqichi
“Sogʻlom ona – sogʻlom avlod garovi” festivali respublika bosqichi
“Sogʻlom ona – sogʻlom avlod garovi” festivali respublika bosqichi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida «Sogʻlom ona – sogʻlom avlod garovi» ayollar sport festivalining Respublika final bosqichi oʻtkazildi.

Toshkent viloyatidagi “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi “Aloqachi” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida tashkil etilgan sport tadbiri Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi hamda “Oʻzbektelekom” AK Markaziy filiali hamkorligida oʻtkazildi.

Musobaqa Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasining 2026-yil 2-iyuldagi qarori asosida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlab tashkil etildi.

Ushbu festival xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida sport madaniyatini yuksaltirish, oilalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ona va farzand oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, yoshlarni jismonan sogʻlom va maʼnan yetuk etib tarbiyalashdan iborat.

Musobaqalarda viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkazilgan saralash bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilardan shakllangan 30 nafar xodim va ularning farzandlari ishtirok etdi. Festival jamoalar paradi va marafon bilan boshlandi. Unda 7 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar qatnashdi. Keyingi bosqichlarda ayollar shashka, shaxmat va stol tennisi sport turlari boʻyicha bellashdilar.

Ona va farzandlardan iborat jamoalar esa koʻpkurash dasturida – “Tezlik estafetasi”, “Epchilik estafetasi”, “Mohir hujumchi”, “Bir jamoa estafetasi”, “Qaddimizni rostlaymiz, sakrashni boplaymiz” kabi quvnoq startlarda ishtirok etdilar. Tadbir doirasida yoshlarni milliy qadriyatlar va urf-odatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Olam bolalar koʻzida” mavzusida rasmlar tanlovi ham tashkil etildi.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi masʼul xodimlari ishtirokida ona va bola kitobxonlik tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda ona va farzandning birgalikda mutolaa qilgan asarlari mazmunini aks ettiruvchi rasmlar namoyishi hamda asarlar yuzasidan savol-javob shartlari tashkil etildi. Festival ishtirokchilari uchun madaniy-maʼrifiy dasturlar ham tashkil qilinib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti havaskorlik jamoasi tomonidan musiqiy va yumoristik chiqishlar namoyish etildi.

“Sogʻlom ona – sogʻlom avlod garovi” ayollar sport festivali yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, 2014-yildagi festivalda 1 500 nafardan ziyod, 2015-yilda 3 000 nafardan ortiq, 2016-yilda 4 000 nafardan ziyod ayollar va ularning farzandlari ishtirok etgan. Joriy yilgi musobaqalarda esa ishtirokchilar soni qariyb 7 500 nafarga yetdi.

Bu koʻrsatkichlar xotin-qizlar va yoshlarni sportga keng jalb etish, oilalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, farzandlar tarbiyasida jismoniy faollik va maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyani uygʻunlashtirishga boʻlgan eʼtibor tobora ortib borayotganini koʻrsatadi. Final Respublika bosqichi yakunida musobaqalarda ishtirok etgan barcha jamoalar maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Asosiy News Appeal Qo'ng'iroq
Asosiy Sahifalar