"Yoshlar kuni" munosabati bilan "UzQUIZ" intellektual oʻyini tashkil etildi

02.07.2026
"Yoshlar kuni" munosabati bilan "UzQUIZ" intellektual oʻyini tashkil etildi
"Yoshlar kuni" munosabati bilan "UzQUIZ" intellektual oʻyini tashkil etildi
"Yoshlar kuni" munosabati bilan "UzQUIZ" intellektual oʻyini tashkil etildi
"Yoshlar kuni" munosabati bilan "UzQUIZ" intellektual oʻyini tashkil etildi
"Yoshlar kuni" munosabati bilan "Kontakt markazi" MCHJ Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tashabbusi bilan jamiyat yoshlari oʻrtasida "UzQUIZ" intellektual oʻyini tashkil etildi. Tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini boyitish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida oʻtkazildi.

Intellektual bellashuvda jamiyatning faol yoshlari ishtirok etib, turli yoʻnalishlardagi savollarga javob berish orqali oʻz bilimlari, mantiqiy fikrlashi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati va jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini namoyon etdilar. Oʻyin qizgʻin va doʻstona muhitda oʻtib, har bir jamoa gʻalaba uchun munosib kurash olib bordi.

Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazish, balki oʻzaro tajriba almashish, yangi doʻstlar orttirish va bir jamoa boʻlib harakat qilish imkoniyatiga ham ega boʻldilar. Bellashuvning har bir bosqichi qiziqarli bahslar, ijobiy kayfiyat va yuqori faollik bilan oʻtdi.

Bunday intellektual oʻyinlar yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish, ularning fikrlash doirasini kengaytirish, tashabbuskorlik va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, jamoada oʻzaro hurmat, hamjihatlik va korporativ madaniyatni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan jamoalar va ishtirokchilar munosib eʼtirof etildi. "UzQUIZ" intellektual oʻyini barcha qatnashchilarda koʻtarinki kayfiyat, iliq taassurotlar va kelgusidagi bellashuvlarga yanada katta qiziqish uygʻotdi.

Asosiy News Appeal Qo'ng'iroq
Asosiy Sahifalar